Ona diyor va istiqlol kuychisi
… Muhammad Yusuf noyob iste’dot egasi, odamlarni mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson edi…
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov.
Xalqimizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf 1954-yil 26- aprel kuni Andijon viloyati Marhamat tumani Qovunchi qishlog’ida tavallud topgan. U Yusuf ota va Enaxon ayalarning ikki o’g’il, uch qiz farzandlari ichida erka dilbandi bo’lib ulg’aygan. Noyob iste’dod sohibi bo’lmish Muhammad Yusuf bolalik chog’larida sho’x yigit bo’lib, ko’p narsalarga qiziqqan, yuragida muhabbat, tomirlarida oqayotgan qonning jo’shqinligi uning she’rlarida yaqqol namoyon bo’ladi. Muhammad Yusuf bolalikdan ziyrak, juda qiziquvchan bo’lganligi bois ko’p kitoblarni sevib o’qigan va savollarga javob izlagan. Shu bilan birgalikda Muhammad Yusuf ochiqko’ngil va hayolparast bola bo’lib, sheriyat va adabiyotga mehri juda baland bo’lgan. Bunday mehrni uning qalbida buvijonisi Tursunxon ena uyg’otgan edi.
Muhammad Yusuf garchi oddiy dehqon oilasida dunyoga kelgan bo’lsada, o’qish va ishlarida katta muvaffaqiyatlarga erishadi. 1973-yili o’rta maktabni a’lo baholarga tugatib, Reshetov nomidagi Rus tili va adabiyoti Institutiga o’qishga kiradi. 1978-80 — yillar oralig’ida harbiy xizmatni o’taydi va bu davrlar shoir uchun mashaqqatli va murakkab tajribali davr bo’ladi, shoir ko’nglida ,,Ona vatan’’ tuyg’usi yanada alangalanadi. Shu tariqa shoirning keng qamrovli ijod faoliyati boshlanadi.
Muhammad Yusufning qalamiga mansub dastlabki kitob 1985-yil nashrdan chiqqan bo’lib, “Tanish teraklar” deb nomlanadi. U qisqa muddat ichida samimiy, xalq dilidan so’zlovchi, xalq kuychisi bo’lganligi bois xalq ko’nglidan qisqa fursat ichida joy ola biladi. Uning “Iltijo”,”Bulbulga gapim bor”(1987-y.), “Uyqudagi qiz”(1989-y.),”Ko’ngilda bir yor”,”Ishq kemasi”,”Halima enam allalari”(1991-y.), “Yolg’onchi yor”(1994-y.) “Seni osmonimga olib” ketaman”(1998-y.),”Erka kiyik”,”O’zingdan qo’ymasin xalqim”(2000-y.), “Saylanma”(2001-2004-yy.), “Ulug’imsan vatanim”,kitoblari chop etilib, ommaga taqdim qilingan.
Hech bir kitobxon yo’q-ki, uning javonidan Muhammad Yusufning kitobi topilmaydigan, hech bir inson yo’q-ki, uning misralaridan mehr, muhabbat hissin tuymagan! U shunday iste’dotli shoir-ki, uning har bir she’rida xalqning quvonch-u iztiroblari, orzu va armonlarini madh ettirgan. Shoirning dilga yoqar misralarini hirgoya qilamagan bironta o’zbek farzandi topilmasa kerak.
Muhammad Yusuf san’atkorlar ahliga ham katta yutuq keltirgan, o’lmas satrlarni bitgan desak ham mubolag’a bo’lmaydi.
-Muhammad Yusuf Respublika kitobxonlar jamiyatida muharrir(1980-820);
-“Toshkent oqshomi” gazetasida muxbir(1982-86);
-“G’. G’ulom” nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir;
-Respublika Axborot akentligida Bosh muharrir o’rinbosari;
-“Vatan” tahriryatida maxsus muxbir;
-“Tafakkur” jurnalida bo’lim boshlig’i;
-O’zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi;
1997-yildan umrining oxirgi kunlariga qadar azkur uyushma raisining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosarlari lavozimida ishlgan.
Muhammad Yusuf xalqimizga qilgan fidoyi xizmatlari uchun:
— 1996 – yili “Do’stlik” ordeni;
— 1998 – yilda “O’zbekiston xalq shoiri” faxriy unvonlariga sazovor bo’lgan.
Muhammad Yusuf garchi she’riyatida sodda so’zlardan foydalangan bo’lsada, uning mazmun mohiyatini juda ham boy, chuqur ma’noga ega tarzda yoritib bergan:
Mendan nima qolar,
Ikki misra she’r
Ikki sandiq kitob
Bir uyum tuproq
Odamlar ortimdan nima desa
Men seni o’ylayman
O’zimdan ko’proq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg’aldoq!
Ushbu she’rda ham inson va hayot, ona vatan tushunchalari mujassamlashgan.
Xalq shoiri Muhammad Yusuf 2001-yil 30-iyulda dunyodan ko’z yumdi. Garchi u vafot etgan bo’lsada, lekin u odamlar yuragida mangu yashaydi, Muhammad Yusuf xalqning qalbidir!…
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, hamma inson ham vatan, ona deya kuylashi mumkin-u, ammo ona yurtni maromiga yetkazib, yurakdan kuylay oladigan, xalq dilini biladigan ijodkorgina chin shoir bo’la oladi! Muhammad Yusuf bunga yorqin timsol bo’la oladi deb o’ylayman. Shoir she’rlari orqali odamlarning unitayozgan qadriyatlarimizni, millatimizni asrab avaylashga chorlaydi. Uning she’rlaridagi oddiy obrazlari, ayni paytda munis va qadrdon, tub mohiyati yani ular timsolida shu ona vatan, muqaddas tuproq, shu vatanning azizligi, mo’tabarligi aks ettirilgan.